Rossiya Savdo vakolatxonasi va BMB Holding agrosanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistondagi Rossiya Federatsiyasi Savdo vakolatxonasida BMB Holding rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda agrosanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, muhokamadagi asosiy mavzulardan biri – o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaning Sibir va Uzoq Sharq mintaqalariga yetkazib berish hajmini oshirish bo‘ldi.
Shu bilan birga, Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarining O‘zbekistonga eksportini kengaytirish va bu jarayonda BMB Holding‘ning roli masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Rossiya Savdo vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Igor Kaminin ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan xolding tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Ayni paytda BMB Holding tarkibiga 31 ta korxona kirib, ularning 4 tasi qo‘shma va 27 tasi to‘liq shoʻba korxonalar hisoblanadi.