Valyuta kurslari 29/08/2025
$1 – 12482.38
UZS – 0,56%
€1 – 14540.72
UZS – 1,07%
₽1 – 155.23
UZS – 0,62%
Qidirish
Rossiya Prezidenti O‘zbekiston bilan ittifoqchilikning ahamiyatini taʼkidladi

Rossiya Prezidenti O‘zbekiston bilan ittifoqchilikning ahamiyatini taʼkidladi

Rossiya Prezidenti O‘zbekiston bilan ittifoqchilikning ahamiyatini taʼkidladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 1 sentyabr — O‘zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik ruhida faol rivojlanayotganini qayd etdi.

«Davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida jadal rivojlanmoqda. MDH, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida saʼy-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilgan.», — deyiladi matnda.

Putinning taʼkidlashicha, ikki mamlakat barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishda davom etadi. U bu jarayon ikki xalq manfaatlariga to‘la mos kelishi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini alohida takidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling