Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
Rossiya kompaniyasi Namangan viloyatida yangi to‘qimachilik fabrikasi qurilishiga 50 million dollar sarmoya kiritmoqda

Rossiya kompaniyasi Namangan viloyatida yangi to‘qimachilik fabrikasi qurilishiga 50 million dollar sarmoya kiritmoqda

Rossiya kompaniyasi Namangan viloyatida yangi to‘qimachilik fabrikasi qurilishiga 50 million dollar sarmoya kiritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, viloyatga qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasida rasmiy safarda bo‘lib turibdi.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Ivanovo viloyatidagi "OTK Proizvodstvo" kompaniyasi rahbari Artur Arakelyan bilan uchrashdi.

Mazkur investor tomonidan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Runamteks” xorijiy korxonasi tashkil etilib, bugungi kunga qadar umumiy qiymati 40 mln. dollarlik 2 ta yirik tekstil fabrikalari ishga tushirilgan va oyiga 2-3 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yilgan.

Muzokaralar davomida To‘raqo‘rg‘on tumaniga 50 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritib, uchinchi yirik to‘qimachilik fabrikasini qurishga kelishildi.

Mazkur loyiha doirasida 1,5 mingta yangi ish o‘rinlari hamda yillik 35-40 mln. dollarlik eksport hajmi yaratiladi.

Namangan viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling