Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Rossiya Federatsiyasidan noqonuniy olib kelinayotgan tibbiy buyum va dori vositalari to‘xtatib qolindi

Rossiya Federatsiyasidan noqonuniy olib kelinayotgan tibbiy buyum va dori vositalari to‘xtatib qolindi

Rossiya Federatsiyasidan noqonuniy olib kelinayotgan tibbiy buyum va dori vositalari to‘xtatib qolindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida bojxona idoralari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, “Volgograd - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan poyezd “Qoraqalpog‘iston - temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida tekshirildi.

Natijada 7-vagon kuzatuvchisi bo‘lgan – Samarqand shahrida yashovchi, 1981 y.t. shaxs tomonidan vagonning havo aylantirish shaxtasiga yashirib qo‘yilgan, taxminan 913 mln so‘mlik 30 turdagi 2742 dona stomotologik buyumlar, implantlar va uskunalar borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, poyezdning 12-vagonida ham shunga o‘xshash holat aniqlanib, vagon kuzatuvchisi bo‘lgan – Toshkent shahrida yashovchi, 1976 y.t. fuqaro tomonidan bojxona ko‘rigidan yashirin ravishda olib kirilgan, taxminan 1,5 mlrd so‘mlik 12 turdagi jami 894 dona dori vositalari hamda tibbiy anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Maʼlum bo‘lishicha, vagon kuzatuvchilari moddiy manfaatdorlik evaziga tibbiy buyum va dori vositalarini Toshkent shahriga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling