Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 24/01/2025 Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Vatanga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Vatanga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-yanvar kuni xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs Rossiya IIV Samara viloyati Bosh boshqarmasi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari kuzatuvida Toshkent shahriga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bola Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.

Bola 2023-yilda onasi bilan Rossiya Federatsiyasiga mehnat migratsiyasiga borgan. Reyd davomida RF hududida bo‘lib turish qoidalarini buzilishi ortidan O‘zbekistonga yuborilgan. 
Ma'lum bo‘lishicha ota-onaning hozirda qayerdaligi noma'lum.

Hozirda "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi bolani muqobil joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling