Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
Rimda qishloqda kambag‘allikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi

Rimda qishloqda kambag‘allikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi

Rimda qishloqda kambag‘allikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rim shahridagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) shtab-kvartirasida “Deepening International Cooperation on Poverty Reduction in Agriculture of Uzbekistan” — “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida kambg‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish” mavzusida xalqaro Side Event bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xitoy va Braziliya hukumatlari tomonidan FAO ko‘magida tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonov ishtirok etib, mamlakatda qishloq joylarda kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv rivojlanish va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Vazir ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining daromadlarini oshirish, qishloq hududlarida farovonlikni ta’minlash maqsadida kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Natijada, qishloq joylarda kambag‘allik darajasi pasaydi, ishsizlik qisqardi, kichik fermerlar va yosh tadbirkorlar uchun resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.

Shu bilan birga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda Xitoyning barqaror qishloq rivojlanish tajribasini o‘rganish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda IFAD va FAOning texnik ko‘magidan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ibrohim Abduraxmonov ta’kidlaganidek: “Kambag‘allikni qisqartirish uchun yagona formula yo‘q. Har bir mamlakat o‘z sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib, birgalikda harakat qilishi lozim. Faqat xalqaro hamjihatlik va o‘zaro o‘rganish orqali qishloq joylarda barqaror farovonlikka erishish mumkin.”

Vazir, shuningdek, raqamli qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish, qiymat zanjirlarini takomillashtirish va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslarni taqdim etdi.

2030-yilga qadar qishloq kambag‘alligini ikki barobarga qisqartirish, kichik fermerlar, ayollar va yoshlar uchun innovatsiya va resurslarga teng imkoniyat yaratish O‘zbekistonning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Yakunda Ibrohim Abduraxmonov shunday dedi: “O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda barqaror qishloq turmush tarzini ta’minlash, umumiy farovonlik va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida aniq qadamlar tashlashda davom etadi.”

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling