RFB va OTB Oʻzbekiston kapital bozorini 2030-yilgacha rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
RFB va OTB Oʻzbekiston kapital bozorini 2030-yilgacha rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi doirasida “Toshkent” Respublika fond birjasida uchrashuv o'tkazildi. Unda 2030 yilgacha mo‘ljallangan kapital bozorini isloh qilish dasturini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida birja o‘zining rivojlanish strategiyasini taqdim etdi. Jumladan: savdo tizimlarini qamrab olgan amaldagi dasturiy ta’minotni almashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, xalqaro moliyaviy instrumentlar savdosi uchun platformani ishga tushirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va kabi mazkur ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Tomonlar uchrashuv yakunida kapital bozorini izchil rivojlantirish, shuningdek, 2030 yilgacha mo‘ljallangan islohotlar dasturi maqsadlariga erishishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.