Reyn-Rur–2025: O‘zbekiston taekvondo jamoaviy bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniyaning turli shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon yozgi Universiadasida O‘zbekiston terma jamoasi medallar sonini oshib bormoqda. Bugun WT taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy musobaqalarda yurtdoshlarimiz bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoa tarkibiga Shohjahon Ahmedov, Umidjon Turopov va Marat Mavlonovlar kirdi. Sportchilar yarim finalgacha muvaffaqiyatli yetib borishdi va yuqori tayyorgarlik hamda jangovor ruhni namoyon etgan holda musobaqa yakunlari bo‘yicha bronza sovrindorlariga aylandilar.
Shu tariqa, bugungi kunda o‘zbek delegatsiyasi hisobida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medali mavjud.