Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Sport 24/07/2025 Reyn-Rur-2025: O‘zbekiston terma jamoasi Universiadalarda rekord natijaga erishdi

Reyn-Rur-2025: O‘zbekiston terma jamoasi Universiadalarda rekord natijaga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon yozgi Universiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu xalqaro talabalar musobaqalaridagi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Hozirgina WT taekvondo bo‘yicha jamoaviy aralash dasturdagi final bellashuvlari yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar hal qiluvchi bahsda Misr terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldilar.

G‘olib jamoa tarkibiga Diyoraxon Azizova, Madina Mirabzalova, Shohjaxon Karimboyev va Najmiddin Qosimxo‘jayevlar kirib, yurtimizni munosib tarzda namoyon etishdi va O‘zbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etishdi. Bungacha O‘zbekiston terma jamoasi birorta ham Universiadada uchta oltin medalni qo‘lga kiritmagan edi.

Shu tariqa, hozirgi paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling