Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan “NIKA FARM” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan “NIKA FARM” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan “NIKA FARM” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi talablari buzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “Forsil – og‘riq mutlaqo izsiz ketadi” mazmunidagi reklama tarqatilgani maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu reklama materiallari “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 34-modda. Dori vositalarini reklama qilish Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasida mazkur dori vositasining taʼsiri kafolatlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqni o‘z ichiga olmasligi belgilangan

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “NIKA FARM” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling