Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Red Wings 2025–2026 yilgi qishgi mavsumda O‘zbekistonga aviaqatnovlarini kengaytirmoqda

Red Wings 2025–2026 yilgi qishgi mavsumda O‘zbekistonga aviaqatnovlarini kengaytirmoqda

Red Wings 2025–2026 yilgi qishgi mavsumda O‘zbekistonga aviaqatnovlarini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Red Wings aviakompaniyasi 2025 yil noyabr–dekabr oylaridan boshlab O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytirib, mamlakat bo‘ylab sayohat qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

10 noyabrdan Samaradan Toshkentga haftaning dushanba va juma kunlari muntazam reyslar amalga oshirilmoqda.

3 dekabrdan Maxachqaladan Urganchga chog‘irshanba va shanba kunlari parvozlar yo‘lga qo‘yiladi, 10 dekabrdan esa Yekaterinburgdan Buxoroga kengaytirilgan dastur boshlanadi — bu yo‘nalish ham haftaning ikki kuni amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Maxachqaladan Buxoro, Toshkent va Namanganga amalga oshirilayotgan parvozlar davom etmoqda.

Qish — O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun qulay vaqt: issiqlik pasayadi, tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar yana-da imkoniyatli bo‘ladi, turistik xizmatlar narxi esa tushadi. Yangi reyslar yo‘lovchilarga safarlarni erkin rejalashtirish imkonini beradi va Buyuk Ipak yo‘li qadimiy shaharlariga keng yo‘l ochadi.

Red Wings Rossiyaning eng yirik o‘nta aviakompaniyasi qatoriga kiradi, muntazam va charter yo‘lovchi tashish, biznes va yuk tashish xizmatlariga ixtisoslashgan.

Kompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i 100 dan ortiq mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Parkning asosini rossiyalik SSJ-100 samolyotlari tashkil qiladi — jami 24 ta ushbu turdagi layner ekspluatatsiyada.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling