Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan O'zbekistonda futbolni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan O'zbekistonda futbolni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan O'zbekistonda futbolni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-noyabr kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Christopher Duggan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Kanada tomoni O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026-yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangani bilan tabrikladi.

Tomonlar kelgusida O‘zbekiston va Kanada yoshlar terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, ikki davlat futbol mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, viza masalalari ham muhokama qilindi.

Mehmonlar yaqinda foydalanishga topshirilgan Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishib, markazda yaratilgan sharoitlar va zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling