Ravshan Ermatov FIFA bilan O'zbekistonda futbolni rivojlantirish strategiyasini muhokama qildi
Ravshan Ermatov FIFA bilan O'zbekistonda futbolni rivojlantirish strategiyasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida milliy terma jamoalar, akademiyalar hamda murabbiylar ta’limi yo‘nalishidagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Mishel Sablon texnik yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, bu jarayon terma jamoalarimiz natijalarida ham o‘z aksini topayotganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, texnik rivojlanish bo‘yicha oldinda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, murabbiylar ta’limi tizimini takomillashtirish, terma jamoalar, yoshlar, ommaviy, bolalar va ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar FIFA bilan hamkorlikda texnik rivojlanish yo‘nalishida loyihalarni kengaytirish, o‘zaro samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.