Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlari auditdan o‘tkaziladi

Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlari auditdan o‘tkaziladi

Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlari auditdan o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika uslubiyotlarini auditdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, statistika uslubiyotlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan auditdan o‘tkaziladi.

Tayyorlovchining statistika uslubiyotlarini auditdan o‘tkazish Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan statistikani ishlab chiquvchilar bilan kelishgan holda har yili tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan tashkil etiladi.

Bunda tayyorlovchida statistika uslubiyotlarini auditdan o‘tkazish besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Quyidagilar auditning asosiy vazifalari hisoblanadi:

foydalanilayotgan statistika uslubiyotlarining xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan baholash;

tayyorlanayotgan va eʼlon qilinayotgan statistika maʼlumotlarining foydalanilayotgan statistika uslubiyotlariga mosligini aniqlash;

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, statistika uslubiyotlarini va statistika maʼlumotlarini tayyorlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish.

Milliy statistika qo‘mitasi har yili 1 dekabrga qadar tayyorlovchining statistika uslubiyotlarini auditdan o‘tkazish bo‘yicha kelgusi yil uchun audit o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling