Valyuta kurslari 06/10/2025
$1 – 12060.48
UZS – -0,32%
€1 – 14156.59
UZS – -0,47%
₽1 – 146.97
UZS – -1,3%
Qidirish
Rasman: Fabio Kannavaro — O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi

Rasman: Fabio Kannavaro — O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi

Rasman: Fabio Kannavaro — O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jahon miqyosida tan olingan italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan rasman shartnoma imzoladi. U uch bor jahon chempionatida qatnashgan va 2006 yilgi musobaqada g‘olib chiqqan, zamonaviy futbolning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Assotsiatsiya maʼlumotlariga ko‘ra, Kannavaro milliy terma jamoani AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Italiyalik mutaxassisning murabbiylar shtabi tarkibiga tajribali mutaxassislar kiritilgan. Ulardan Audjennio Albarella bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritadi — u avval Yaponiya terma jamoasi hamda “Yuventus”, “Udineze” va «Dinamo Zagreb» klublarida ishlagan.

Franchesko Troyze futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun masʼul bo‘ladi. Uning faoliyatida “Benevento”, “Udineze” va «Dinamo Zagreb» klublarida ish tajribasi mavjud.

Darvozabonlar murabbiyi vazifasini Antonio Kimenti bajaradi — u ilgari Italiya yoshlar terma jamoasi hamda “Sampdoriya” va “Spal” klublarida ishlagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling