Raqobatni rivojlantirish qo'mitasi va OTB elektr energiyasi sifati va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari va Osiyo taraqqiyot banki vakillari — tegishli missiya rahbari A.Xabirov boshchiligidagi ekspertlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda elektr energiyasi yetkazib berishda sifat va ishonchlilikni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish, huquqbuzarliklarni aniqlash hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.
Uchrashuv qo‘mita va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligini mustahkamlab, energetika sohasida sifat va isteʼmolchi huquqlarini himoya qilishda yangi bosqichni boshlashga xizmat qiladi.