Valyuta kurslari 23/12/2025
$1 – 12010.43
UZS – 0,12%
€1 – 14088.23
UZS – 0,26%
₽1 – 151.25
UZS – 1,82%
Qidirish
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi savdo tarmoqlarini Yangi yil oldidan asossiz narx oshishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Yangi yil bayramlari arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash zarurligi to‘g‘risida chakana savdo tarmoqlariga ogohlantirish xatlarini yo‘lladi.

Xususan, savdo tarmoqlariga yetkazib beruvchilar tomonidan narxlar o‘zgarishi ehtimoli haqida qo‘mitani tezkor ravishda xabardor qilish, logistika va boshqa xarajatlar oshishi to‘g‘risida maʼlumot berish, shuningdek yetkazib beruvchilarni asossiz ravishda narxlarni ko‘tarishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirish vazifasi yuklatildi.

Tegishli ogohlantirishlar “Korzinka”, “Makro”, “Xavas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” savdo tarmoqlariga yuborilgan.

Qo‘mita taʼkidlashicha, ushbu chora-tadbirlar Yangi yil arafasida isteʼmolchilar talabi oshadigan davrda narxlar bilan bog‘liq spekulyatsiyalarning oldini olish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling