Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi AU Financial Investment Team kompaniyasini sotib olishga rozilik berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Health and Education Group” MCHJning “AU Financial Investment Team” MCHJ ustav fondidagi 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.

“Health and Education Group” MCHJ – tijorat faoliyati va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;

“AU Financial Investment Team” MCHJ ko‘p kvartirali uylar va turar joylarni ijaraga berish va boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar tovar bozorida raqobat muhitiga taʼsir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling