Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda sement sotishda qonunbuzarliklarni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda sement sotishda qonunbuzarliklarni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda sement sotishda qonunbuzarliklarni aniqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “SURXANCEMENTINVEST” MCHJ tomonidan 2025 yil yanvar–avgust oylari davomida yuqori likvidli sementni birja savdolarini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan holatlar aniqlandi.

Bunday harakatlar «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasiga xilof bo‘lib, yuqori likvidli va (yoki) monopol tovarlarni faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida, birja savdolarisiz sotishni taqiqlaydi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, qonunbuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Qo‘mita maʼlum qilishicha, sunʼiy narx oshirish va raqobatni cheklashning oldini olish maqsadida birja operatsiyalari bo‘yicha kunlik va oylik monitoring olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling