Valyuta kurslari 26/11/2025
$1 – 11936.89
UZS – -0,43%
€1 – 13769.20
UZS – -0,39%
₽1 – 151.56
UZS – -0,3%
Qidirish
Raqobat qo‘mitasi raqamli platformalarga oid fuqarolarning shikoyatlarini hal qiladi

Raqobat qo‘mitasi raqamli platformalarga oid fuqarolarning shikoyatlarini hal qiladi

Raqobat qo‘mitasi raqamli platformalarga oid fuqarolarning shikoyatlarini hal qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolarning raqamli platforma operatorlari faoliyati yuzasidan tushgan murojaatlari o‘rganib chiqilib, o‘z yechimini topmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro R.I. “Mediapark” savdo do‘konidan “UZUM NASIYA” platformasi orqali printer sotib olgan tovari nosoz holatda yetkazib berilgani yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, isteʼmolchiga yangi printer yetkazib berilishi taʼminlandi.

Jizzax viloyati Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro E.Z. “UZUM NASIYA” raqamli platformasida “MYTEACHER GROUP” MCHJ bilan ingliz tili kurslarini xarid qilish uchun 5,3 mln so‘mlik muddatli to‘lov shartnomasi tuzgani, biroq unga kutilganidek xizmat ko‘rsatilmagani sababli mazkur shartnoma bekor qilinishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

O‘rganishlar natijasida, tuzilgan shartnoma bekor qilindi hamda murojaat isteʼmolchi foydasiga ijobiy hal etildi.

Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi fuqaro “UZUM MARKET” onlayn savdo orqali muddatli to‘lov shartnomasi asosida telefon sotib olganligi, biroq telefon nosozligi internet aloqa xizmati yaxshi emasligidan norozi bo‘lib, shartnomani bekor qilinishi qilinishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, shartnoma bekor qilinib fuqaroga 1,4 so‘mga yaqin pul mablag‘i qaytarib berilishi taʼminlandi.

Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.M. “UNITEL” MCHJga tegishli BeMarket onlayn savdo platformasidan Samsung Galaxy S24 telefonini 11,4 mln so‘mga xarid qiladi. Biroq, Q.M. telefondan foydalana boshlagandan bir oydan so‘ng tegishli ro‘yxatdan o‘tmagani maʼlum bo‘ladi va telefoni ishlamay qoladi.

Fuqaro Q.M.ning Raqobat qo‘mitasiga yo‘llagan murojaatini o‘rganish natijasida “UNITEL” MCHJ tomonidan telefon IMEI-kodi ro‘yxatidan o‘tkazilib, telefon soz holatda fuqaroga topshirilishi taʼminlandi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.J. “UZUM MARKET” onlayn do‘koni orqali shartnoma asosida telefon sotib olgani, ammo telefon apparati hech qancha vaqt o‘tmasdan sifatsizligi maʼlum bo‘lgani sababli to‘langan 2,1 mln so‘mlik mablag‘ni qaytarilishi bo‘yicha hududiy boshqarmaga murojaat yo‘llagan.

O‘rganishlar natijasida, fuqaroga sifatsiz mahsulot uchun to‘lagan mablag‘i to‘liq qaytarilishi taʼminlandi.

Xorazm viloyati Gurlan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.N. “Badavlat ayol” onlayn o‘quv kursida ishtirok etish maqsadida “UZUM NASIYA” tizimi orqali muddatli to‘lov asosida o‘quv kursini xarid qilgan. Biroq o‘quv kursi amalga oshirilmagan, fuqaro shartnomani bekor qilish bo‘yicha murojaat qilgan. Shunga qaramasdan, shartnoma bekor qilinmasdan, uning shaxsiy plastik kartasidan 192 ming so‘m pul mablag‘i yechib olingani yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling