Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda «TD Grass» brendining nusxalanishini to‘xtatdi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda «TD Grass» brendining nusxalanishini to‘xtatdi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda «TD Grass» brendining nusxalanishini to‘xtatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga OOO “TD GraSS”ning ishonchnomasi asosida “BCG GROUP OZ” MCHJ tomonidan murojaat qilingan. Unda jamiyatga tegishli bo‘lgan “Grass”, “Azelit”, “Gloss”, “Milana”, “Wc-gel”, “Arena”, “Clean Glass”, “Universal Cleaner” tovar belgilari “HAMKOR NUR BIZNES” MCHJ tomonidan “Gel Milena”, “Aze-1, Aze-2, Aze-3, Gaz-elit”, “Universal Cleaner”, “Clean Glass”, “Arena” ko‘rinishida ishlatilgani bayon etilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish davomida, ushbu tovar belgilarining adashtirib yuborish darajasida o‘xshashligi fuqarolarni chalg‘itayotgani, shu bilan birga jamiyatning qonuniy huquqlarini buzishga olib kelayotgani taʼkidlangan. Bu bilan “HAMKOR NUR BIZNES” MCHJ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi talabini buzgan deb topildi.

Yuqoridagi aniqlangan qonunbuzilish holatiga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “HAMKOR NUR BIZNES” MCHJga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 694-sonli qarori talablari buzilish alomatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling