Raqobat qo‘mitasi mobil aloqa tariflarining oshirilishini o‘rganmoqda
Raqobat qo‘mitasi mobil aloqa tariflarining oshirilishini o‘rganmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari tariflarining oshirilishiga oid masalani o‘rganishni boshlaganini maʼlum qildi.
Qo‘mita tomonidan mobil aloqa operatorlarini narxlarni oshirilishi asosliligini o‘rganish maqsadida joriy yil noyabr oyining boshida tegishli tartibda so‘rovlar yuborilgan.
Hozirgi vaqtda operatorlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, xususan xizmatlar sifatini oshirish va qamrov hududini kengaytirish xarajatlarining tariflarni shakllantirishga taʼsiri o‘rganilmoqda.
Agar operatorlar tomonidan raqobatga zid harakatlar, jumladan, harakatlarni muvofiqlashtirish belgilarini aniqlansa, tegishli tekshiruv o‘tkaziladi.
Amaldagi qonunchilik buzilgani tasdiqlansa, operatorlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘riladi.
Qo‘mita taʼkidladiki, tekshiruvning asosiy maqsadi — isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish va mobil aloqa bozorida shaffof raqobatni taʼminlashdan iborat.