Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 18/07/2025 Raqobat qo'mitasi MAKESENSE va ARHAT GRAVURE o'rtasidagi iqtisodiy konsentratsiya bitimini tasdiqladi

Raqobat qo'mitasi MAKESENSE va ARHAT GRAVURE o'rtasidagi iqtisodiy konsentratsiya bitimini tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan “MAKESENSE” MCHJ XK tomonidan “ARHAT GRAVURE" MCHJning ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.

“MAKESENSE” MCHJ XK – “Uzum nasiya” elektron platformasida mahsulotlarni bo‘lib to‘lash loyihasiga shuʼba korxonalari orqali investitsiyalar kiritish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;

“ARHAT GRAVURE" MCHJ telekommunikatsiya uskunalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mazkur bitim tovar bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi.

Shu munosabat bilan, Maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim yuzasidan raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablar asosida rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling