Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Raqobat qo‘mitasi Innovabuild kompaniyasiga City Hills‘ni sotib olishga ruxsat berdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Innovabuild” MCHJ tomonidan “City Hills” MCHJning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
““Innovabuild” MCHJ va “City Hills” MCHJlar turar joy binolarini qurish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar tovar bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat muhitiga taʼsir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.