Valyuta kurslari 16/02/2026
$1 – 12220.98
UZS – -0,44%
€1 – 14495.30
UZS – -0,66%
₽1 – 158.38
UZS – -0,45%
Qidirish
Raqobat qo'mitasi chakana sotuvchilarni Ramazon oyi oldidan narxlarning oshishidan ogohlantirdi

Raqobat qo'mitasi chakana sotuvchilarni Ramazon oyi oldidan narxlarning oshishidan ogohlantirdi

Raqobat qo'mitasi chakana sotuvchilarni Ramazon oyi oldidan narxlarning oshishidan ogohlantirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va respublikamiz hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyida narxlari barqarorligini taʼminlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan Ramazon kunlarida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash har qachongidan ham muhim ekanligini taʼkidlab, tegishli topshiriqlar berdi.

Yuqoridagilar ijrosi yuzasidan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan yirik savdo tarmoqlari va respublikamiz hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.

Raqobat qo‘mitasi aholi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash borasida o‘z vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni ko‘rib borishini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling