Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 16/04/2025 Raqobat qo'mitasi bukmekerlik xizmatlari reklamasi ustidan nazoratni kuchaytiradi

Raqobat qo'mitasi bukmekerlik xizmatlari reklamasi ustidan nazoratni kuchaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan tizimli o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va telegram messenjerida tashkil qilingan guruh va kanallarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Bunda, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi shaxslar axborot texnologiyalaridan keng foydalanib, o‘zini shaxsini yashirib yoki boshqa nom bilan ushbu harakatlarni sodir etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga ko‘ra, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi.

Biroq, bu kabi holatlar o‘rganilganda, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilayotgan elektron resurslar subyektlarini, masʼul shaxslarini, telegram kanal egasini va boshqa maʼlumotlarni aniqlash imkonsiz bo‘lmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga vakolat doirasida aniqlik kiritish hamda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan maʼlumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga taqdim etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling