Raqamli texnologiyalar vazirligi JEITA bilan Yaponiyaning IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi xizmat safari doirasida Yaponiyaning JEITA (Elektronika va axborot texnologiyalari sanoati assotsiatsiyasi) ijrochi vitse-prezidenti Yuko Shigyo bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Yaponiya AT kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb etish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va AT outsourcing xizmatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “CEATEC 2025” koʻrgazmasida ilk bor “Potential for IT outsourcing in Uzbekistan” tadbiri oʻtkazilib, mamlakatimizning AT sohasidagi imkoniyatlari va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar taqdim etildi.