Raqamli ta’lim: O‘zbekiston THE bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Raqamli ta’lim: O‘zbekiston THE bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi tashabbusi bilan, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (THE) tashkiloti vakili o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda THE tomonidan ilgari surilayotgan “U-10” loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus O‘zbekistonning nufuzli va tadqiqot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini yagona platforma doirasida birlashtirishga qaratilgani ta’kidlandi.
Loyiha doirasida OTMlar ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi o‘rni kabi mezonlar asosida baholanishi mumkin.
Shuningdek, THE vakillari 2026-yil 17-20-may kunlari London shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirok etishiga umid bildirddi.