Raqamli sog‘liqni saqlash markazi tibbiyot samaradorligini oshirish uchun innovatsiyalarni taqdim etadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuni kecha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Raqamli sog‘liqni saqlash” markazi tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan tibbiyot sohasida bir qator innovatsion loyihalarni taqdim etdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram-kanalida taʼkidlaganidek: "Yagona DMED tizimi allaqachon 33 million fuqaroning elektron hisobini saqlab, shifokorlar ishini osonlashtirib, bemorlar bilan muloqotga ko‘proq vaqt ajratish imkonini bermoqda. Shuningdek, qaysi shifokorning qay darajada bandligi va tibbiy jihozlar holatini real vaqt rejimida ko‘rsatib turadigan, shu yo‘l bilan resurslarni samarali taqsimlashga ko‘maklashadigan Situatsion markaz ham tashkil etildi".
Mirziyoyevaning soʻzlariga koʻra, mamlakatimizda yetti yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Koʻngil koʻzi” loyihasi alohida eʼtiborga loyiq. muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining ilk kunlaridanoq retinopatiyani aniqlash mumkin. Bu esa minglab go‘daklarning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. Yangi texnologiyalar bolalik davridagi ko‘rlikning 90 foizigacha oldini oladi.
Bundan tashqari, markaz insult va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha yechimlarni taqdim etdi. – Sun’iy intellekt professional shifokorlarning o‘rnini bosolmaydi, ammo ularning ishonchli yordamchisiga aylanib, mutaxassislarning vaqti va kuchini tejashga xizmat qilmoqda, – dedi Saida Mirziyoyeva xalq salomatligini mustahkamlashga xizmat qilayotgan mazkur loyihalarga muvaffaqiyat tiladi.