Quvayt va O'zbekiston iqtisodiy hamkorlik va investitsiya aloqalarini mustahkamlamoqda
Quvayt va O'zbekiston iqtisodiy hamkorlik va investitsiya aloqalarini mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Quvaytga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘mita 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiyada delegatsiya tarkibida bo'lgan Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etib, Farg‘ona viloyati bilan Quvayt o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator amaliy takliflarni ilgari surdi.
Tashrif davomida “Aqarat” kompaniyasi, shuningdek, Hindiston biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, “Diversity Tech” kompaniyasi boshqaruv direktori Islom Hassan bilan Farg‘ona viloyatida qiymati 60 million dollar bo‘lgan onkologiya markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.