Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 12/06/2025 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Xitoyning CAMC Engineering delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Xitoyning CAMC Engineering delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.Hidoyatov Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Xitoyning “China CAMC Engineering Co., LTD” kompaniyasi boshqaruvi raisi Vang Bo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan strategik maqsadlar, O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining yangi bosqichi va qurilish sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Tomonlar ayniqsa Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining hozirgi bosqichiga alohida to‘xtalib, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Vang Bo ushbu loyiha ikki tomonlama hamkorlikdagi muhim bosqichlardan biri ekanini ta’kidlab, barcha imkoniyatlar ishga solinayotganini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv va ochiq muloqotda kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling