Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, respublikamizda milliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini eng yuqori darajada taʼminlash, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarining rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qonun bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarga qurilish oynasidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etishni belgilovchi hamda ayrim qonunlarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining nomi va huquqiy maqomi o‘zgartirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar tomonidan taʼkidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi qurilish oynasi sanoatini rivojlantirishga, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni o‘z isteʼmol xususiyatlarini yo‘qotgan qurilish oynasidan hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish va qayta ishlash bilan bog‘liq faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mamlakatning rasmiy statistika sohasidagi maʼmuriy islohotlarni samarali amalga oshirish doirasida statistika organlarining faoliyatini takomillashtirishga hamda foydalanuvchilar uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling