Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
O‘zbekiston 27/08/2025 Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3672-son, 26.08.2025 y).

Mazkur Nizom qurilish obyektlarida QR -kodli (matrik shtrixli kod) pasportni o‘rnatish tartibini belgilaydi.

QR -kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kunda buyurtmachi tomonidan obyektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.

QR -kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab, obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalda bo‘lishi zarur.

QR -kodli pasport namlik va tashqi taʼsirlarga chidamli materialdan tayyorlangan bo‘lishi, umumiy o‘lchamlari 2400x1200 mm ni tashkil etishi hamda yer sathidan kamida 1 m balandlikda o‘rnatilishi lozim.

Qurilish obyekti hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, «Shaffof qurilish» axborot tizimida obyektga oid dastlabki maʼlumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR -kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling