Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
Qurilish materiallari sohasiga 1,4 milliard dollar investitsiya jalb qilindi

Qurilish materiallari sohasiga 1,4 milliard dollar investitsiya jalb qilindi

Qurilish materiallari sohasiga 1,4 milliard dollar investitsiya jalb qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston qurilish sanoatida 34,6 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi, mahsulot eksporti esa 675,4 mln. dollarni tashkil etdi.

Shu davr mobaynida sohada 1 mlrd. 485 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi, shuningdek, lokalizatsiya dasturi doirasida 3,0 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu haqda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 yanvardagi №53-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgi investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi investitsiya dasturi doirasida 20 ta loyiha bo‘yicha 195,7 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirishni nazarda tutgan.

Operativ maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yil yanvar–avgust oylarida 150,2 mln. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi (reja — 138,5 mln. dollar, bajarilish darajasi — 108,4 foiz).

Maʼlumot uchun, 2025 yil yanvar–sentyabr oylarida Uyushma zimmasiga biriktirilgan loyihalar bo‘yicha Davlat investitsiya dasturi doirasida 143,3 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar–sentyabr yakuniga ko‘ra 150,2 mln. dollarlik o‘zlashtirish kutilmoqda, bu esa rejaning 104,8 foizini tashkil etadi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish misoli sifatida: «Prime ceramics» qo‘shma korxonasi keramik plitka ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasini amalga oshirmoqda, loyiha qiymati 12,5 mln. dollar bo‘lib, shundan 2025 yilda 6,5 mln. dollarlik mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun «Asaka Bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 6,0 mln. dollar kredit ajratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling