Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Qurilish materiallari sanoatida ulkan sakrash: import o‘rnini mahalliy ishlab chiqarish egalladi

Qurilish materiallari sanoatida ulkan sakrash: import o‘rnini mahalliy ishlab chiqarish egalladi

Qurilish materiallari sanoatida ulkan sakrash: import o‘rnini mahalliy ishlab chiqarish egalladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyotimizning drayver sohalaridan biri bo‘lgan qurilish materiallari sanoatida ulkan sakrash kuzatildi. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilgan islohotlar natijasida qisqa fursatda mazkur sanoatning barcha yo‘nalishida 3-4 barobar o‘sish kuzatildi.

Xususan, 2017-yilda sohada 6 mingga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunga  kelib ushbu ko‘rsatkich 11 ming tani tashkil etdi.

Shuningdek, 2017-yilda 11,4 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2024-yilda 47,1 trln so‘mlik mahsulotlar tayyorlandi. Eksport ko‘rsatkichlarida ham yuqori natijalarga erishilgan.

Jumladan, 2024-yilda 8-yil oldin 71 mln dollar qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan. 2024-yilda 831 mln dollarlik qurilish materiallari xorijiy xaridorlarga yetkazilgan.

2025-yilning o‘tgan 8 oyning o‘zida 675,4 mln dollarlik mahsulotlar xorijiy davlatlarga yetkazilgan. E’tiborlisi, 2024-yilda sohada jami 2,2 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirildi.

Yirik investitsiya loyihalarining tatbiq etilishi natijasida hududlarda yangi turdagi, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, Farg‘ona, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur yo‘nalishda yetakchi sanaladi.

Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, keramogranit, avtoklav gazobeton bloklari, yuqori markali sement, issiqlik saqlovchi plitalar, elektrod, lok-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

2017-2024-yillar davomida Respublikada jami qiymati 10,8 mlrd dollar bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshirildi.  Buning natijasida esa bir qator qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talab to‘liq qoplandi. Olib borilgan to‘g‘ri islohotlar o‘z samarasini berdi.

Jumladan, o‘tgan davrda yurtimizda keramik plitka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yillik quvvati 73,2 metr kv. bo‘lgan jami 15 ta yirik korxona mavjud. Ichki bozor to‘liq qoplangan. Ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo‘lgan talab yiliga 46 mln metr kv.ni tashki qiladi. Mamlakatimizda tayyorlangan har xil o‘lchamdagi keramik plitkalarga tashqi bozorda ham talab oshib bormoqda. Shu yilning o‘zida 43,3 mln dollarlik keramik plitka eksport qilindi.

Yana bir e’tiborga molik jihat bazalt plitalarining ichki talabi ham to‘liq qoplangan. 2017-2025-yillarda Respublika bo‘yicha yillik quvvati 275 ming tonna bo‘lgan jami 7 ta yirik korxona foydalanishga topshirildi. Ishlab chiqarish quvvatlari Jizzax, Surxondaryo, Navoiy, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda bazalt plitalariga bo‘lgan talab 107 ming tonna tashkil etgan. Hozirda mazkur mahsulot eksportini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ma’lumot uchun, bazalt plitalari shaharsozlik normalariga kiritilgan bo‘lib, bino va inshootlarni energiya tejamkorligi oshiradi.

Shuningdek, avtoklav gazobeton bloklariga bo‘lgan ichki talab ham to‘liq qoplangan. 2025-yil sentyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra Respublikada umumiy quvvati 3 mln. 480 ming metr kub bo‘lgan 12 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tuproq qalamini saqlab qolish, bino va inshootlarni energiya tejamkorligini  oshirish maqsadida avtoklav gazobeton ishlab chiqarish keng ommalashtirildi. Hozirgi kunda barcha ko‘p qavatli imoratlar avtoklav gazobetondan bunyod etilmoqda. Shovqin, issiq va sovuqni o‘tkazmaydigan ushbu innovatsion mahsulotga nafaqat yurtimizda, balki qo‘shni davlatlarda ham talab yuqori.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling