Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqtidagi o‘zgarishlar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Toshkent metropoliteni" DUK poytaxt aholisi va mehmonlarini Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan metro ish tartibidagi o‘zgarishlar haqida xabardor qiladi.
2025 yil 6 iyun kuni, Qurbon hayiti bayramida fuqarolarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida metropoliten soat 03:00 dan ish boshlaydi — odatdagidan ikki soat ertaroq.
Ayni shu kuni, soat 03:00 dan 10:00 gacha, barcha yo‘lovchilar uchun metropolitenda harakatlanish bepul bo‘ladi.
Bayramning keyingi kunlarida poyezdlar harakati quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
7 iyun (shanba) — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;
8 iyun (yakshanba) — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, poyezdlar harakati soat 05:00 dan boshlanadi.