Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Qudratilla To‘lyaganov Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi

Qudratilla To‘lyaganov Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi

Qudratilla To‘lyaganov Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qudratilla To‘lyaganov Asatullayevich Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar u “Asakabank” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qudratilla To‘lyaganov 1982 yilda tug‘ilgan. U 2008 yilda Toshkent moliya institutini «bank sohasida investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, 2016 yilda esa Bank-moliya akademiyasida magistr darajasini olgan.

U o‘z kasbiy faoliyatini bank sohasida 2000 yilda boshlagan.

2023 yil fevralida To‘lyaganov “Asakabank” boshqaruvi raisi etib tayinlangan, undan oldin bir necha yil davomida O‘zbekiston Milliy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Olmazor tumani hokimi lavozimida Qudratilla To‘lyaganov Azizxon Umarxonov o‘rnini egalladi.

2026 yil yanvar oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Umarxonovni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i etib tayinlagan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling