Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Qoʻqonda salkam 1 kg. gashishni 155 mln. soʻmga sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Qoʻqonda salkam 1 kg. gashishni 155 mln. soʻmga sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Qoʻqonda salkam 1 kg. gashishni 155 mln. soʻmga sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari hamda Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti vakillari bilan hamkorlikda Qoʻqon shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan 58 yoshli fuqaro yonidagi salkam 1 kg. ogʻirlikdagi "gashish" giyohvandlik vositasini 155 mln soʻmga sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni bilan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qatʼiy jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali barham berish maqsadida bu boradagi jazo choralari keskin kuchaytiriladi hamda yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlik ogʻirlashtiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling