Qozog‘istonning MF Trade Limited shirkati uch nafar o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchining ulushini sotib olishga ruxsat oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasining “MF Trade Limited” kompaniyasi tomonidan “Elsun Invest” MCHJ QK, “NRG Yashnobod Stroy” MCHJ QK va “NRG High Project” MCHJlarning maʼlum bir ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
“MF Trade Limited” kompaniyasi – holding kompaniyalari va biznesni boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
“Elsun Invest” MCHJ QK, “NRG Yashnobod Stroy” MCHJ QK va “NRG High Project” MCHJlar esa turar joy binolarini qurish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar tovar bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat muhitiga taʼsir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.