Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Qozog‘istondan O‘zbekistonga to‘rt nafar bola qaytarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Ijtimoiy ta’minot milliy agentligi ko‘magida Qozog‘istondan Nukus shahriga yana to‘rt nafar voyaga yetmaganlar qaytarildi.
Bolalar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga psixologik yordam ko‘rsatildi.
Ijtimoiy ta’minot milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi tomonidan keyinchalik bolalarni oilaviy Mehribonlik uylariga joylashtirish rejalashtirilgan.
Bu chora-tadbirlar ularning barqaror ijtimoiy moslashuvi va munosib sharoitlarda tarbiyalanishini ta’minlashga qaratilgan.