Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
O‘zbekiston 16/08/2025 Qozog'istonda odam savdosi qurboni bo'lgan vatandoshimiz O'zbekistonga olib kelindi

Qozog'istonda odam savdosi qurboni bo'lgan vatandoshimiz O'zbekistonga olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasi ko'magida Qozog'istonning Olmaota shahrida odam savdosi qurboni bo'lgan hamyurtimiz S.D. Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, S.D. Qozog'iston hududida og'ir sharoitda qolgan va odam savdosidan aziyat chekkani uchun O'zbekistonga qaytarishlarida yordam so'rab ariza bilan murojaat qilgan.

O'zbekiston diplomatlari va Qozog'iston huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jabrlanuvchi nopok kimsalar qo'lidan ozod qilindi va vaqtincha boshpana bilan ta'minlandi.

S.D. yurtimizda 30-iyuldan 30-avgustgacha o'tkazilayotgan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik tadbirlari doirasida 11-avgust kuni Olmaota–Toshkent yo'nalishidagi aviareysi orqali O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling