Qozog‘iston va O‘zbekiston tashqi bosimlarga qaramasdan Rossiya bilan strategik hamkorlikni davom ettirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzinning maʼlum qilishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston tashqi bosimlarga qaramasdan Rossiya bilan yirik strategik loyihalarni amalga oshirishni davom ettirmoqda.

«Maʼlumki, g‘arb davlatlari Rossiya va uning hamkorlari, jumladan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda kelishmovchilik kiritish maqsadida bosim, majburlash va sanksiyalar usullaridan foydalanadi. Ammo bunga do‘stlarimiz qanday javob bermoqda?

Ular Rossiya bilan iqtisodiy jihatdan real foyda keltiradigan va xavfsizlikni mustahkamlaydigan yirik, uzoq muddatli strategik hamkorlik loyihalarini amalga oshirmoqda», — dedi Galuzin “Vesti”ga bergan intervyusida.

Uning taʼkidlashicha, ittifoqchilar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida qabul qilingan umumiy kelishuv va majburiyatlarga qatʼiy amal qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling