Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Qozog‘iston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Qasim-Jomart Toqayev va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
#Shavkat Mirziyoyev