Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 03/04/2025 Qozog‘iston prezidenti “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi

Qozog‘iston prezidenti “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

3 aprel kuni mazkur sammitda qatnashish uchun Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling