Valyuta kurslari 29/10/2025
$1 – 12004.47
UZS – -0,41%
€1 – 13993.61
UZS – -0,24%
₽1 – 150.22
UZS – -1,45%
Qidirish
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan 70 million dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan 70 million dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan 70 million dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari Toshkentda bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy missiya doirasida jami 70 million AQSH dollaridan ziyod miqdordagi yangi eksport shartnomalarini imzoladilar.

Shartnomalar ikki mamlakat vazirliklari va biznes doiralari vakillari ishtirokida imzolandi.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi, sanoat, logistika va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan o‘nlab kompaniyalar ishtirok etdi.

Qozog‘iston savdo vaziri o‘rinbosari Aydar Abildabekov taʼkidlashicha, bunday missiyalar kompaniyalarga o‘z mahsulotlarini taqdim etish bilan birga, qo‘shni mamlakat bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini ham beradi.

«Toshkentdagi missiya — bu kompaniyalar uchun faqat mahsulotni namoyish etish emas, balki qo‘shni davlat bozoriga chiqib, yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishish va eksportni boshlash imkoniyatidir», — dedi u.

Qozog‘iston Savdo vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, yangi kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha turtki bo‘ladi.

2025 yil boshidan beri Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 18,5 foizga o‘sib, 3 milliard AQSH dollariga yetdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling