Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
Qozogʻiston va Oʻzbekiston soliq tizimlarini raqamli transformatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Qozogʻiston va Oʻzbekiston soliq tizimlarini raqamli transformatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Qozogʻiston va Oʻzbekiston soliq tizimlarini raqamli transformatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qoʻmitasi raisi Jandos Jumabayevich Duysembiyev rahbarligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tomonlar amaliy hamkorlik va soliq maʼmuriyatchiligini raqamli transformatsiya qilishni yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratishdi. Sh.Kudbiyev va J.Duysembiyev soliqqa tortish va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashish yanada muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

Qozogʻistonlik mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati haqida maʼlumot berildi. Shu jumladan, qator asosiy raqamli yechimlar – elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn-NKM, xavfni tahlil qilish va avtomatik hisobot shakllantirish tizimlari namoyish etildi.

Tomonlar raqamli jarayonlarga yondashuvlardagi sezilarli o‘xshashlikni qayd etdi va tajriba, eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashish hamda IT yechimlarni texnik jihatdan integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida oʻzaro manfaatli masalalar yuzasidan muntazam ikki tomonlama muloqotlar oʻtkazib borish haqida kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling