Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish kengaytiriladi

Qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish kengaytiriladi

Qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish kengaytiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

Kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sudning yoxud ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi belgilandi.

Soliq imtiyozlaridan foydalanilganidan keyin jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan soliq summasining kamayishiga olib keladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari ularning asosliligi soliq organlari tomonidan o‘rganib chiqilganidan keyin qabul qilinadi.

2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini 2 foiz va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari hamda ular qoshidagi maxsus vakolatli tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan obligatsiyalar bo‘yicha daromadlari 2030 yil 1 yanvarga qadar foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Kreativ parkning rezidentlari 2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvarga qadar:

xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda ijtimoiy soliqni belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;

tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling