Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
Qo‘riqlash faoliyatini takomillashtirish to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi

Qo‘riqlash faoliyatini takomillashtirish to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi

Qo‘riqlash faoliyatini takomillashtirish to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Qo‘riqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqild9i.

Ushbu qonun loyihasi qo‘riqlash faoliyati doirasini kengaytirishni, xususan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, ko‘ngilochar va qurilish obyektlarini qo‘riqlashni amalga oshirish bo‘yicha huquqiy asoslarni belgilashni, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining ushbu sohadagi vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutadi.

Loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mansabdor shaxslariga tegishli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash vakolatlari Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti mansabdor shaxslariga o‘tkazilmoqda.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar qo‘riqlash faoliyati sohasidagi qonunchilik bazasini yanada mustahkamlash, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda jamoat xavfsizligi va qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling