Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Qoraqalpogʻistonda soliq inspektorlari pora undirishda ayblanib hibsga olindi

Qoraqalpogʻistonda soliq inspektorlari pora undirishda ayblanib hibsga olindi

Qoraqalpogʻistonda soliq inspektorlari pora undirishda ayblanib hibsga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining 2 nafar bosh inspektori Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyatini tekshirish davomida, go‘yoki 213 mln so‘mlik soliq qonunchiligi buzilgani aniqlanganligini aytib, ushbu summani 34 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektorlar tamagirlik yo‘li bilan 700 AQSH dollari va 15 mln so‘m pul mablag‘ini o‘rtada vositachilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling