Valyuta kurslari 07/10/2025
$1 – 12022.90
UZS – -0,31%
€1 – 14025.92
UZS – -0,92%
₽1 – 144.75
UZS – -1,51%
Qidirish
Qoraqalpog‘istondagi temir yo‘l kesishmasida yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Qoraqalpog‘istondagi temir yo‘l kesishmasida yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Qoraqalpog‘istondagi temir yo‘l kesishmasida yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l kesishmasida yo‘lovchi poyezdi va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2025-yil 6-oktabr kuni soat 15:31da “To‘rtko‘l” va “Ellikqal’a” stansiyalari oralig’ining 531 km 8-piketida joylashgan qo’riqlanmaydigan temir yo’l kesishmasida Qo’ng’irot ‒ Andijon yo’nalishidagi 128-sonli yo’lovchi poyezdi “KamAZ” bilan to‘qnashib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasidagi signallarga e’tibor bermay, relsga chiqib ketgan, natijada to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yuk avtomashinasi haydovchisi shifoxonaga jo’natilgan. Yo’lovchi poyezdida 216 ta yo’lovchi bo’lib, ularning sog’ligiga zarar tushmagan.

Teplovoz shikastlangani va harakatni davom ettirish imkoni bo‘lmagani uchun soat 16:15 da voqea joyiga O‘zTE16M2 rusumli 025-sonli zaxira lokomotiv jo‘natildi.

Voqea joyiga temir yo‘l kompaniyasi rahbariyati vakillari va huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling